“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida “Sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi va unga xos xususiyatlar” mavzusida ilmiy seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

10:05 - 28 Mart Yangiliklar
144

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining Strategik tahlil va prognozlashtirish bo‘lim boshlig‘i – sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Xodjayev Sobir Djumayevich tomonidan institutning doktorant va tayanch doktorantlari uchun “Sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi va unga xos xususiyatlar” mavzusida ilmiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotda muammoni o‘rganish davomida sotsiologik tadqiqotlarda tanlash metodi, unga xos xususiyatlar, tanlashda reprezentativlikni taʼminlash masalalari, tanlash turlari, tasodifiy-ehtimoliy tanlash va unga qo‘yilgan talablar, tasodifiy tanlash turlari, maqsadli tanlash va uning turlari, tanlashda og‘ish va ularni tuzatish masalalari haqida batafsil to‘xtab o‘tildi.

ness image

Seminar davomida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar o‘z sotsiologik tadqiqotlarida qo‘llaydigan metodlarda nimalarni inobatga olgan holda belgilashlari haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, seminarda quyida keltirilgan mavzular bo‘yicha ham qo‘shimcha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Jumladan, statistikada tanlashning turlari farqlanishi haqida:

− tasodifiy tanlash, qaytarish bilan; 

− tasodifiy tanlash, qaytarishsiz; 

− mexanik;

− tipik;

− seriyali. 

 Shuningdek, oddiy tasodifiy tanlash 2 xil usulda amalga oshirilishi to‘g‘risida:

− ko‘r-ko‘rona tanlash yoki boshqacha aytganda, lotereya yoki qurʼa tashlash – tasodifiy qaytariladigan tanlash va tasodifiy qaytarilmaydigan tanlashga ajratish.

− tanlov ko‘r-ko‘rona emas, balki tasodifiy sonlar jadvali yordamida sodir bo‘lishi.

Chop etish