Hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

12:14 - 27 Mart Yangiliklar
143

Bugun Gumanitar masalalar va rivojlanish sohasini baholash bo‘yicha Aholishunoslik jamg‘armasi maslahatchisi Ketrin Luiz Tong xonim Aholishunoslik jamg‘armasi dasturlarini amalga oshirish samaradorligini baholash va milliy hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganish maqsadida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda institut direktori N.Egamberdiyeva, direktor o‘rinbosari X.Abduramanov, “Oilani demografik rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i B.Xonto‘rayev, Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Sh.Akramova ishtirok etdi.

ness image

Uchrashuvda institut direktori N.Egamberdiyeva Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlik davomida erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida Ketrin Luiz Tong xonim institutda tashkil etilgan “Oila demografiyasi” ilmiy-o‘quv laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdi hamda laboratoriya bazasida yaratilgan “Demografiya milliy portali” bo‘yicha maʼlumot berildi. 

Uchrashuv yakunida institutning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografiya sohasida hamkorligini yana-da mustahkamlash yo‘nalishlari kelishib olindi.

Fotolavha

Chop etish