“Samarali qarorlar qabul qilish siyosati uchun maʼlumotlarni boshqarish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ikkinchi kuni

10:44 - 26 Mart Yangiliklar
147

Xabaringiz bor, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan Moldova Respublikasining Kishinyov shahrida “Samarali qarorlar qabul qilish siyosati uchun maʼlumotlarni boshqarish” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur xalqaro konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari qatorida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Jahongir Rustamov ham ishtirok etib, ushbu tadbirning ikkinchi kuni tafsilotlari bilan bizni tanishtirdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda “Aholishunislik sohasidagi prognozlar: sog‘lom siyosat va byudjetni rejalashtirishning kaliti” mavzusi yuzasidan maʼruzalar tinglanib, muhokamalar olib borilmoqda.

ness image

Ushbu sessiyaning asosiy maqsadi – qarorlar qabul qilish jarayonlarini boshqarish va demografik o‘zgarishlarni bashorat qilish, shuningdek, siyosat va byudjet qarorlarini qabul qilish uchun ajralmas vosita sifatida aholi prognozlarining muhim rolini taʼkidlash.

Yana bir “Maʼlumotlarni boshqarish: raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini taʼminlash” mavzusidagi sessiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – transformatsiya jarayonida kuchli maʼlumotlarni boshqarish mexanizmlarining muhimligini taʼkidlash, shuningdek, elektron boshqaruv va barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash hamda unga erishishga hissa qo‘shish.

Fotolavha

Chop etish