“Conflict Resolution” metodikasi bo‘yicha seminar-trening

08:52 - 4 Iyun Yangiliklar
689

2021-yil 03-iyun kuni Toshkent shahrining Yangi hayot tumanida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Oiladagi ajrimlar oldini olish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda AQSH larining oilaviy konfliktlarni yechimga olib kelish bo‘yicha “Conflict Resolution” metodikasi” mavzusi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda Yunusobod tumani 21 ta mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari mutaxassislari ishtirok etishdi. 

ness image

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, Raʼno Ismailova konflikt va uning kelib chiqish sabablari, emotsiyalarni boshqarish, oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va turlari, oilaviy nizolarni hal etishda milliy urf-odat va anʼnalarning o‘rni, mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oiladagi kattalarning, mahalla va oila hamkorligining ahamiyati kabi mavzular yoritildi va muxokama qilindi.

Islom Akademiyasining professori Salima Rustamiy  islom aqidalari asosida nikoh, mahr, nikohda ayol kishining roziligi ahamiyati, ayolning ajrim huquqi, taloq, migratsiya hamda nikoh muammolari, poligamiya, ayol huquqi va erki, er va xotin majburiyatlari, oilada erning mavqei, ayol kishini “urib” bo‘ladimi, bolalar tarbiyasi kabi qator muammolarga islom aqidasi va demokratik davlat tamoyillari asosida javoblar berildi.

Ishtirokchilar treningda faol ishtirok etdilar. Kun turtibiga qo‘yilgan masalalar dolzarbligi, ayniqsa oilaviy nizolar oldini olish bo‘yicha kutilmagan yechimlar borligi, oiladagi ko‘pchilik muammolarni yechimga olib kelish imkoniyati mavjudligi ular faoliyatida amaliy yordam berishi qayd etildi. “Konfliktlar yechimi” bo‘yicha namoyon etilgan metodikaning haqiqatan bizning milliy mentalitetga moslab qayta ishlab berilganligi, oilaviy ajrimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda zarurligi taʼkidlandi

O‘quv kurslarini olib borishda ishtirokchilar bir qator metodik ishlanmalar bilan, xususan: “Ziddiyatlarsiz hayot” o‘quv qo‘llanmasi (204 b.), “Nizo va ziddiyatlar borasidagi Sharq allomalarining qarashlari” (30 b.), xotin-qizlar va erkaklar oilaviy psixologiyasining o‘ziga xos tomonlari yoritilgan AQSH lik dunyoga tanilgan ekspert Jon Greyning “Mujchini s marsa, jenschini s veneri” kitobi, tarqatma va video materiallar, 57 rukndan iborat mualliflik slaydlari bilan qurollantirildi. Mazkur metodik taʼminot ishtirokchilarning mustaqil tarzda o‘z faoliyatida “Konfliktlar yechimi” bo‘yicha mustaqil tarzda trenerlar bo‘lib ish faoliyatlarini tashkil qilishda foydali bo‘lishi aytildi. Har bir ishtirokchi mustaqil tarzda o‘z mahallasida yosh kelinlar, qaynonalar uchun mana shunday seminar-trening o‘tkazishi zarurligi qayd etildi.

Ishtirokchilar tomonidan kuyidagi takliflar berildi:

1.    “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun mediatsiya va konfliktologiya, psixologiya bo‘yicha master-klasslarni tashkil etish;

2.    Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida turli yo‘nalish va mavzularda master-klasslar, treninglar tashkil qilish

3.    Mutaxassislarni sohaga oid ilmiy adabiyotlar, qo‘llanmalar bilan taʼminlash.

 

 

Raʼno Ismaylova 

Chop etish