“Oilaviy huquqiy munosabatlarda gender tengligi”

10:45 - 31 May Yangiliklar
938

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida 2021-yil 31-may kuni “Oilaviy huquqiy munosabatlarda gender tengligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

ness image

Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, keng jamoatchilikni oiladagi gender tengligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish, yosh avlod o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish va ularni amaliy harakatga aylantirish, oilaviy huquqiy masalalar bo‘yicha tajriba almashishga erishdan iborat.

Konferensiya ishida 100 yaqin professorlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, universitet talabalari, mahalla va oila sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar o‘z ilmiy maqola, maʼruza va tadqiqotlari bilan faol qashnashdi. Anjuman 3 ta sho‘bada ish olib bordi.

  

shoʻba 1. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari

shoʻba 2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini rivojlantirish yo‘llari

shoʻba 3. Huquqiy munosabatlarda gender tamoyillarini joriy etish istiqbollari


Yalpi majlisda dolzarb muammolar aniqlandi va oilaviy huquqiy munosabatlarda gender tengligi g‘oyalarini yana-da kengroq amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tavsiyalar umumiylashtirilib, konferensiya materiallari bir oy muddatda nashr qilinadi va hududlarga yetkaziladi.

 “Oilaviy huquqiy munosabatlarda gender tengligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari quyidagi yakuniy xulosalarni qabul qilishdi. 

  1. O‘zbekiston Respublikasining gender tengligi to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga baho berish va ularni yana-da takomillashtirish bo‘yicha istiqbollarini aniqlash. 
  2. Gender tengligi, ularni xozirgi zamonaviy sharoitlarda amalga oshirishni huquqiy qo‘llab-quvvatlashni modellarini taqqoslash.
  3. Amaliyotda haqiqiy gender tengligini taʼminlash bo‘yicha mavjud muammolarni sabablarini aniqlash va bartaraf etish.
  4. Aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishini taʼminlash lozim.
  5. Ota-onalar, bolalar o‘rtasida erta nikohning salbiy oqibatlari haqida Ommaviy axborot vositalari, taʼlim muassasalari, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish.
  6. Nikoh yoshini kamaytirish masalasi tuman, shahar hokimlari emas balki, sudlar tomonidan alohida tartibda yopiq sud majlisida ko‘rilib, faqatgina bolaning manfaatidan kelib chiqib ijobiy hal etish. 
  7. Oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatchilikni barvaqt oldini olish nafaqat huquq-tartibot organlari, balki mahalliy hokimiyat va keng jamoatchilikni ham alohida jonbozlik ko‘rsatib hamkorlikda manzilli ishlashi lozimligiga kelishib olindi.


 MATBUOT XIZMATI

Chop etish