Yosh oilalarda ajrimlarning oldini olishda oilaviy konfliktologiya asoslariga eʼtibor

05:09 - 28 May Yangiliklar
959

2021-yil 27-may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Oiladagi ajrimlar oldini olish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda AQSH larining oilaviy konfliktlarni yechimga olib kelish bo‘yicha “Conflict Resolution” metodikasi” mavzusi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda Yunusobod tumani 63 ta mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. 

ness image

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Raʼno Ismailova konflikt va uning kelib chiqish sabablari, emotsiyalarni boshqarish, oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va turlari, oilaviy nizolarni hal etishda mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oiladagi kattalarning, mahalla va oila hamkorligining ahamiyati kabi mavzular yoritildi va muhokama qilindi.

O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasining professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Salima Rustamiy islom aqidalari asosida nikoh, mahr, nikohda ayol kishining roziligi ahamiyati, ayolning ajrim huquqi, taloq, migratsiya hamda nikoh muammolari, poligamiya, ayol huquqi va erki, er va xotin majburiyatlari, oilada erning mavqei, ayol kishini “urib” bo‘ladimi, bolalar tarbiyasi kabi qator dolzarb muammolarga islom aqidasi va demokratik davlat tamoyillari sintezi asosida javoblar berdi.

Ishtirokchilar treningda faol ishtirok etdilar. Kun turtibiga qo‘yilgan masalalar dolzarbligi, ayniqsa oilaviy nizolar oldini olish bo‘yicha kutilmagan yechimlar borligi, oiladagi ko‘pchilik muammolarni yechimga olib kelish imkoniyati mavjudligi ular faoliyatida amaliy yordam berishi qayd etildi. O‘quv kurslarini olib borishda ishtirokchilar bir qator metodik ishlanmalar bilan, xususan: “Ziddiyatlarsiz hayot” o‘quv qo‘llanmasi (204 b.), “Nizo va ziddiyatlar borasidagi Sharq allomalarining qarashlari” (30 b.), xotin-qizlar va erkaklar oilaviy psixologiyasining o‘ziga xos tomonlari yoritilgan AQSH lik dunyoga tanilgan ekspert Jon Greyning “Mujchini s marsa, jenschini s veneri” kitobi, tarqatma va video materiallar, 57 rukndan iborat mualliflik slaydlari bilan qurollantirildi. Mazkur metodik taʼminot ishtirokchilarning mustaqil tarzda o‘z faoliyatida “Konfliktlar yechimi” bo‘yicha trenerlar bo‘lib ish faoliyatlarini tashkil qilishda foydali bo‘lishi aytildi. Har bir ishtirokchi o‘z mahallasida yosh kelinlar, qaynonalar uchun mana shunday seminar-trening o‘tkazishi zarurligi qayd etildi.

Ishtirokchilar tomonidan kuyidagi takliflar berildi:

1.    “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun mediatsiya bo‘yicha master-klasslarni tashkil etish;

2.    “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahallarda “Psixologiyasi kunlari”ni tashkil;

3.     Mahalla va oila tizimida faoliyat olib boradigan kadrlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini tiklash.

4.    Mutaxassislarni sohaga oid ilmiy adabiyotlar, qo‘llanmalar bilan taʼminlash.

Chop etish