Scientific Library

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev о‘z nutqlaridan birida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bо‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz Yangi О‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”[1], deya ta’kidlaganlari bejiz emas, albatta.

Azaldan ma’lumki, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”dan tortib hozirgi kungacha barcha ijod ahillarining asarlariga nazar soladigan bо‘lsak, yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalasi asosiy о‘rin egallab kelmoqda. О‘zbek oilasi о‘zida qadimiy ma’naviy qadriyat va an’analarni, udum va rasm-rusumlarni, ma’naviy-madaniy merosni saqlab kelgan va kelmoqda.


[1] О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi.