Scientific Library
Davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha boʻgʻinida faoliyat koʻrsatuvchi rahbar ayollarning kadrlar zaxirasiga kiritish orqali ularning boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish boshqaruvda ayollar ulushini oshirish imkonini beradi. Rahbar ayollar kadrlar zaxirasi ayollarning uzluksiz rivojlanishini ta’minlovchi platforma boʻlib, u ayollar uchun rahbarlik yoʻlida oʻsishini ta’minlovchi “sotsial lift” hisoblanadi.
Ayollarning rahbarlik malakasini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, barcha xotin-qizlarning mazkur dasturlarni oʻzlashtirishga imkoniyatini kengaytirish juda muhim. Misol uchun, 2023-yilda “Rahbar ayollar maktabi” oʻquv dasturining 99 nafar bitiruvchisi Milliy kadrlar zaxirasi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan boʻlib, ularning atigi 10 foizigina rahbarlik lavozimlariga tayinlangan.
Rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatda umumiy boshqaruv sifati, tenglik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bunda davlat siyosati, ta’lim muassasalari, tadbirkorlik tashkilotlari va jamoatchilik birgalikda harakat qilishi lozim. Xotin-qizlarda mazkur kompetensiyalarni rivojlantirish zaruriyati zamonaviy jamiyatning teng imkoniyatlarni ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirish va yetakchi lavozimlarda ayollar salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan muhim jihatdir.
Ayollarning boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish inklyuziv, innovatsion va adolatli yetakchilikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Hukumatlar, ta’lim muassasalari va tashkilotlar ayollarning yetakchilik rollarida ustun boʻlishi uchun zarur boʻlgan resurslar, imkoniyatlar va qoʻllab-quvvatlash tizimlarini ta’minlash uchun…