Scientific Library

Bunday bolalar boshqalardan nimasi bilan farqlanadi? Axir bola 2 ta o‘ng yarimshar bilan tug‘iladi-ku?! Buning sababi – shunchaki ularning miyasining o‘ng yarimshari ustunlik qiladi. Keyinroq bola shaxsining rivojlanish darajasiga qarab ikkisidan biri chapaqaylasha boshlaydi. Shuning uchun inson miyasi 2 – o‘ng va chap yarimsharlardan tashkil topadi va bularning har biri inson hayotida turli vazifalarni bajaradi. Masalan, chap yarimshar – nutq va fikrlash, o‘ngi – musiqiy va badiiy ijodiyot, obrazli tafakkur funksiyalarini bajaradi. Chap yarimshar baxt va huzur baxsh etadi, o‘ng yarimshar ustunligida esa qo‘rquv va qayg‘u hissi ustunlik qiladi.

Bu kabi chapaqay bolalarni amallarni o‘ng qo‘lda bajarishga majbur qilish yoki buning uchun jazolash ularning psixologik travma olishiga, nevrotik holatlari yuzaga kelishi va nutqining buzilishiga, shuningdek, duduqlanishiga olib kelishi mumkin. O‘ng qo‘lda yozishga o‘rgatilgan chapaqaylardan yozma ishni avval o‘ng qo‘lda, so‘ng chap qo‘lda bajarishlari so‘ralganda, ularning chap qo‘lda bajargan ishlari o‘ng qo‘ldagisidan farqli ravishda savodliroq va chiroyliroq bo‘lgan. Ular o‘ng qo‘lda yozganlarida sekin yozib, juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan va ularda mushaklarning zo‘riqishi, yurak urishining tezlashishi, arterial bosimning ko‘tarilishi, emotsional zo‘riqishi kuzatilgan.