Scientific Library
Oilaviy mediatsiya oilaviy nizolarni hal etishning samarali va konstruktiv usuli sifatida muhim ahamiyatga ega bo`lgan muqobil varianti hisoblanadi. Xorijda oilaviy nizolarni hal qilishda ushbu usuldan keng foydalanib kelinmoqda. Mustaqil davlatlar hamdo`stligiga a’zo davlatlarning bu borada o`ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, MDH davlatlarida oilaviy nizolarni hal qilishda mediativ kelishuvga erishishda ikki jihatga e’tibor qaratish lozim.
1) Mazkur mamlakatlar uchun mediatsiya instituti va uning amaliyoti yuridik nuqtayi nazardan chetdan kirib kelgan institut hisoblanadi;
2) MDH davlatlari hududida azaldan shakllangan oilaviy munosabatlar tizimida turli ko‘rinishda yarashtirish va nizolarni hal qilish usullari azaldan bo‘lgan.