Oila institutini mustahkamlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘limi

12:20 - 12 noyabr 231

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga koʻmaklashuvchi, fuqarolar yigʻinlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Qaror bilan Institutning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, Institut jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni toʻlaqonli va samarali joriy etadi, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etadi, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshiradi.

Qaror bilan mazkur Institut tuzilmasi hamda ustavi tasdiqlandi.

Institut direktori mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 2020-yil 18-fevraldagi tegishli Farmon bilan tashkil etilgan.

Print out